Rosululloh sizni ko'rgim kelyabdi !!!
Yurak yuragimdan sog'indim
sizni, to'yib to'yib quchgim
kelyapti. Siz ham sog'indizmi
aytingchi bizni, rosululloh sizni
ko'rgim kelyapti. Hayot
yo'llaringiz barchaga ibrat, aytgan so'zlarizdan
oldim
nasihat, otamni ko'rmasam
mayliku faqat, rosululloh sizni
ko'rgim kelyapti. Nasib bo'lmadi
eh dunyoda ko'rmoq, hizmatga
shay bo'lib yonizda turmoq, dunyoning ziynati
kerakmas
biroq,rosululloh sizni ko'rgim
kelyapti. Asri saodatda bo'lsam
qaniydi, asxobi kiromni ko'rsam
qaniydi, uzoqdan bir bora bo'lsa
ham mayli, rosululloh sizni ko'rgim kelyapti.
Tushimga kiradi
shaytonvachchalar, gohida
munofiq shum ayg'oqchilar,
nega siz kirmaysiz kutsam
kechalar, rosululloh sizni ko'rgim
kelyapti. Gunohdan qaytolmay xoru sarsonman,
ba'zida
mo'minu ba'zan shaytonman,
sizsiz ne qilarim bilmay
hayronman, rosululloh sizni
ko'rgim kelyapti. Muborak
yo'lizga harisman chindan, ayting o'rganayin
sunnatni
kimdan,ummat ixtilofga berilgan
kundan, rosululloh sizni ko'rgim
kelyapti. Qalbni zaharladi faxshu
zinolar, aqlni chalg'itar kuy-u
g'inolar, qorong'u ko'rinsa yorug' dunyolar,
rosululloh sizni
ko'rgim kelyapti. Oxiri
zamonning alomatlari, toptaldi
ALLOHning omonatlari, kam qoldi
iymoni salomatlari, rosululloh
sizni ko'rgim kelyapti. Do'stdek ko'rinadi ichi
qoralar, ummat
orasida nifoq oralar, qolmadi
o'lmoqdan boshqa choralar,
rosululloh sizni ko'rgim kelyapti.
Ilm da'vosida ko'krak kerarlar,
islomni ziddiga fatvo berarlar, sizni yoningizga
qandoq kelarlar,
rosululloh sizni ko'rgim kelyapti.
Baridan charchadim qolmadi
mador, iymon zayiflashdi
yuragim bemor, sizsiz bu
dunyoda yashab nima bor, rosululloh sizni
ko'rgim kelyapti.
Ismiz aytilganda aytib salovat,
topaman qalbimda ajiyb halovat,
mahshar maydonida so'rab
shafoat, rosululloh sizni ko'rgim
kelyapti. Ko'ring mana tahorat tekkan yuzlarni,
peshonada
qolgansajda izlarni, bilaman
tanisiz ul kun bizlarni, rosululloh
sizni ko'rgim kelyapti..